Iqtisodiyot | 16:32 / 21.06.2022
24828
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10 900 so‘mdan tushdi
Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi, rubl kursi ko‘tarilishda davom etmoqda.
Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 32,13 so‘mga pastlab, 10 895,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 4,29 so‘mga ko‘tarilib, 11 514,88 so‘m bo‘ldi. Rubl 5,72 so‘mga oshib, 199,74 so‘m bo‘ldi.
20 iyun kuni dollar kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 10 928,12 so‘mni tashkil qilgandi.
Mavzuga oid
21:39 / 01.11.2024
2025 yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan
16:24 / 22.04.2024
O‘zbekistonda dollar kursi 12 700 so‘mdan oshdi
18:30 / 10.01.2024
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 400 so‘mdan oshdi
19:46 / 27.10.2023