To‘palang GESdagi avariya sababi ma’lum qilindi
To‘palang suv omboridagi vaziyatga GESning suv quvuri to‘sini shikastlanishi sabab bo‘lgan. Avariya oqibatida To‘palang suv ombori to‘g‘oniga ziyon yetmagan. Avariya yuz bergan bosimli quvurda suv oqishi to‘xtatilgan. «O‘zbekgidroenergo» AJ rahbari voqea joyiga uchib ketgan.
Energetika vazirligi To‘palang GESda ro‘y bergan holat yuzasidan ma’lumot berdi.
«Bugungi kunda To‘palang GESda modernizatsiya qilish va GES quvvatini 30 MVt.dan 175 MVt.ga oshirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, modernizatsiya jarayonida bosimli suv quvuriga o‘rnatilgan vaqtinchalik tiqinning shikastlanishi natijasida soniyasiga 40 kub metr suv sizib chiqqan.
Ta’kidlash kerakki, daryoning suv o‘tkazish qobiliyati soniyasiga 600 kub metrni tashkil etadi. Suv sizib chiqish vaqtida suv sarfi soniyasiga 160 kubometrgacha ko‘tarilgan.
Hozirda bosimli quvurdan suv sizib chiqish to‘xtatilgan. Shuni ma’lum qilamizki, bu holat to‘g‘on holatiga hech qanday ta’sir qilmagan va To‘palang suv ombori to‘g‘oniga shikast yetmagan», deyiladi vazirlik xabarida.
Ayni paytda «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov hodisa sabablarini o‘rganish va bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘rish maqsadida voqea joyiga yetib borgan.
Fuqarolardan har qanday bahsli masalada faqat rasmiy ma’lumotlardan foydalanish so‘ralgan. Hodisa joyidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.
- 22 iyun kuni tongida ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan To‘palang suv ombori to‘g‘oni yorilib ketgani va natijada atrofni suv bosgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Keyinroq «O‘zbekgidroenergo» AJ axborot xizmati To‘palang suv omborida qurilgan to‘g‘on yorilib ketgani haqidagi xabarlarni rad etdi va aholini vahimaga tushmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
10:40 / 13.12.2024
Sariosiyoda ko‘chada yo‘lbars yurgani rad qilindi
23:39 / 12.12.2024
Toshkent viloyatidagi «Chorbog‘» podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi
19:30 / 12.12.2024
"O‘zbekgidroenergo" ISO 37001:2016 standarti bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurash sertifikatini qaytadan qo‘lga kiritdi
17:02 / 28.11.2024