Iqtisodiyot | 16:28 / 28.06.2022
25111
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 10 800 so‘mga tushdi. Bundan past kurs o‘tgan yili qayd etilgan

O‘zbekistonda dollar kursi tushishi davom etmoqda, rubl kursi barqarorligicha qolmoqda.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29 iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,97 so‘mga pastlab, 10800,55 so‘mni tashkil qildi. Yevro 5,92 so‘mga tushib, 11 433,46 so‘m bo‘ldi.

Rubl esa 0,72 so‘mga oshib, 203,88 so‘m bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, dollar kursi yil boshidagi holatga qaytdi (yanvar oyi davomida kurc 10 800 so‘mdan yuqori va 10 860 so‘mgacha saqlanib turgan). Bundan past kurs so‘nggi bor 2021 yilning 27 dekabrida qayd etilgan - o‘shanda bir dollar 10 798,23 so‘mga teng bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10 900 so‘mdan tushgandi.

Mavzuga oid