Prezident borti yana Nukusga uchdi
O‘zbekiston prezidentiga xizmat qiluvchi birinchi bort so‘nggi 24 soat ichida ikkinchi bor Nukusga yo‘l oldi. 3 iyulga o‘tar kechasi Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning borti yana Nukusga uchmoqda. Bu haqda Flightradar24 sayti xabar bermoqda.
Davlat rahbari 2 iyul kuni kuni ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston poytaxtida bo‘lib qaytgandi.
Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar mahalliy aholi vakillari Konstitutsiyaga mazkur hudud maqomini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlardan noroziligi bilan bog‘liq.
Asosiy qomusga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi 26 iyun kuni jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingandi. Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qoraqalpog‘istonliklar fleshmob uyushtirib o‘z noroziliklarini bildirishdi. 1 iyul kuni esa Nukus shahri markazida ommaviy namoyish boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev 2 iyul kuni Nukusda deputatlar, jamoatchilik faollari bilan uchrashib, Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga tegishli qismlari o‘zgarishsiz qolishini aytdi.
Ayni vaqtda shaharda namoyishlar tinchigan. Prezident farmoni bilan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2022 yil 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etilgan.
Mavzuga oid
21:17 / 14.11.2024
SSV huzurida «Xaridlar markazi» va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi
16:20 / 14.11.2024
“Iqlim o‘zgarishi muammolarini ayniqsa Markaziy Osiyoda o‘tkir his qilyapmiz” - Shavkat Mirziyoyev
14:37 / 13.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
13:50 / 13.11.2024