O‘zbekiston | 19:00 / 22.07.2022
12617
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqand davlat tibbiyot universitetida koronavirusga qarshi kurashda qahramonlik ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari sharafiga memorial majmua ochildi

Foto: Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Koronavirus pandemiyasi dunyo aholisi uchun katta sinov bo‘ldi. Bu davrda hatto eng rivojlangan mamlakatlar ham ko‘plab muammolarga duch keldi. Shunday og‘ir damlarda tibbiyot xodimlari insoniyatning joniga ora kirdi. O‘z hayotini xatarga qo‘yib bo‘lsa-da, xavfli virus bilan kurashga otlandi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot universiteti

COVID-19 pandemiyasi davrida xalqimiz salomatligi yo‘lida jonini fido qilgan barcha tibbiyot xodimlari sharafiga Samarqand davlat tibbiyot universitetida ochilgan memorial majmua ularga bo‘lgan ehtiromning yorqin ifodasi, deyish mumkin.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Majmuaning tantanali ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri B.Musayev, viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Vazir o‘z so‘zida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda tibbiyot xodimlarining mehnati va ko‘rsatgan qahramonliklari, xalqimiz salomatligi yo‘lidagi fidoyi mehnati barcha uchun yuksak ibrat namunasi bo‘lganini ta’kidladi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Universitet rektori Jasur Rizayev o‘z so‘zida pandemiya bilan kurashda jonini jabborga berib xalqimiz salomatligi yo‘lida samarali mehnat qilgan, hayot bilan vidolashgan oliygoh xodimlarini esladi, “Oq xalatli qahramonlar”ning ko‘rsatgan matonat va jasorati xalqimiz qalbida mangu qolishiga ishonch bildirdi.

Xotira barelefining tantanali ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi binosidagi fundamental tibbiyot kafedralari, o‘quv-amaliy laboratoriyalar, talabalar innovatsion-inkubator markazi imkoniyatlari hamda universitet tarixi muzeyi bilan yaqindan tanishib, bu yerda talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ma’muriyati tomonidan COVID-19 koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda tibbiyot xodimlari mehnati va ko‘rsatgan qahramonliklari, xalqimiz, ota-onalarimiz, farzandlarimiz salomatligi yo‘lida tun-u kun mehnat qilayotgan shifokorlarimiz uchun “Spasibo doktor!” qo‘shig‘i ijro etilgan edi.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid