Iqtisodiyot | 08:38 / 26.07.2022
18568
2 daqiqa o‘qiladi

6 oyda individual soliq imtiyozlari miqdori 144 mlrd so‘mni, yuridik shaxslarga 24 trln so‘mni tashkil etdi

Individual soliq imtiyozlari teng raqobatga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: Kun.uz

Keyingi yillarda individual xususiyatga ega bo‘lgan soliq imtiyozlarini cheklashga qaratilgan bir qator normalar belgilandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.

Soliq kodeksi 75-moddaga ko‘ra, ma’muriy islohotlar konsepsiyasida xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishga cheklov choralarini belgilash va amaldagi korxonalarni qayta tashkil etish, sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferensiyalar berish amaliyotidan voz kechish ko‘rsatilgan.

Bildirilishicha, 2021 yilda individual xususiyatga ega bo‘lgan 15 ta hujjat bo‘yicha jami 316,2 mlrd so‘mlik, 2022 yil dastlabki 6 oyi davomida esa 10 ta hujjat bo‘yicha jami 144,8 mlrd so‘mlik soliq imtiyozi qo‘llanilgan.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni doimiy tahlil qilib borish ustida izchil ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, har bir soliq imtiyozi hisobini yuritish va muddatlarini nazorat qilish imkoniyatini beruvchi E-imtiyoz AAT ishga tushirilgan. Korxona (STIR)ga, QQS bo‘yicha EHFda hamda onlayn-NKM cheklarini shakllantirishda aks etuvchi MXIKlar (50 mingdan ziyod) orqali avtomatik ravishda foydalanilgan imtiyozlar tahlil qilinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuridik shaxslar tomonidan 2021 yilda 43,4 trln so‘mdan, 2022 yil birinchi yarim yilligida 24,6 trln so‘mdan ziyod soliq imtiyozlaridan foydalanilgan.

Mavzuga oid