Jamiyat | 16:50 / 26.07.2022
12121
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqandda 3 ming dollarni noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Samarqand tumanida chet el valutasi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahridagi «Siyob» dehqon bozori atrofida valuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan K.D. fuqarolar E. va O‘.ga jami 3 000 AQSh dollarini 33 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:01
Firibgarlik bilan o‘zganing nomiga onlayn kredit olgan shaxs ushlandi
17:56 / 21.09.2024
Moliyaviy piramida uslubidagi firibgarlar davlat bog‘chalarida targ‘ibot boshladi
21:05 / 16.09.2024
Toshkentda odamlarning mulkini aldov yo‘li bilan egallagan shaxslar ushlandi
14:00 / 15.09.2024