Termizda sodir bo‘lgan YTHda 83 yoshli piyoda vafot etdi
Damas mashinasi haydovchisi tezlikni oshirgan holda harakatlangan va yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 31 iyul kuni soat 10:00 larda Termiz shahridagi Do‘stlik mahallasidan o‘tuvchi Alisher Navoiy ko‘chasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Damas mashinasi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda, Termiz shahrida yashovchi 83 yoshli piyoda og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Damas mashinasi haydovchisi tezlikni oshirgan holda harakatlangan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki surishtirib harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryo viloyatida 2022 yilning dastlabki 5 oyida 51 kishi YTHda halok bo‘lgan, 82 kishi turi darajada tan jarohatlari olgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024