Surxondaryoda elektr ta’minoti korxonasi rahbari 1500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tadbirkordan 1500 dollar talab qilgan elektr ta’minoti korxonasi rahbari ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Yu.X. «M.M.» MChJning qurilish sexini elektr tarmog‘iga qayta ulab berish evaziga MChJ rahbari U.R.dan pora talab qilib, o‘z xizmat xonasida 1500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:10 / 20.09.2024
Pora bilan ushlangan Dashtobod stansiyasi boshlig‘i ilgari sudlanmagani aytildi
11:41 / 20.09.2024
Dashtobod temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlandi
14:28 / 18.09.2024
“Vodorod sulfidi yuqori konsentratsiyada sizib chiqishi kuzatilmadi” – Ekovazirlik
13:34 / 18.09.2024