O‘zbekiston | 11:37 / 19.08.2022
3688
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga kartoshka asosan Pokistondan import qilinmoqda
2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 15 ta davlatdan qiymati 57,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 322 ming tonna kartoshka import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, kartoshka importi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda qariyb 11,7 ming tonnaga oshgan.
2022 yil 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar orasida Pokiston yetakchilik qilyapti – 257,9 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 23,5 ming tonna;
- Rossiya – 15 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 9,4 ming tonna;
- Eron – 5,6 ming tonna;
- Niderlandiya – 5,3 ming tonna;
- Afg‘oniston – 4 ming tonna;
- Belarus – 631,6 tonna;
- Polsha – 559 tonna.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
21:39 / 08.11.2024
Pokistonda havo ifloslanishi ortidan bog‘ va muzeylar yopilmoqda
12:52 / 08.11.2024