Jahon | 08:37 / 08.09.2022
10597
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya rasmiylari «mamlakat ertakka aylantirilishi»ni ma’lum qildi

Ikki yangi qonun yordamida hukmron partiya qishloqlarda tub o‘zgarishlar qilish va KXDRda «chiroyli va madaniyatli sotsialistik ertak» qurish niyatida, deb xabar berdi KMTA davlat axborot agentligi.

Foto: Picture Alliance

Shimoliy Koreya rasmiylari mamlakatni «sotsialistik ertakka» aylantirish rejasini e’lon qildi. «Ikkita yangi qonun partiyaga (Koreya hukmron Mehnat partiyasi) qishloqlarni tubdan o‘zgartirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni jadallashtirish imkonini beradi, qishloqlarni obodonlashtirishga, qishloq aholisini ravnaq toptirishga hissa qo‘shadi va jamiyatni o‘zgartiradi, mamlakatni go‘zal va madaniyatli sotsialistik ertakka aylantiradi», — deya 8 sentabr, payshanba kuni KXDR parlamentidagi deputatlardan birining nutqidan parcha keltirgan KMTA davlat axborot agentligi. 

Avvalroq Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In koreyslarning turmush sharoitini yaxshilash va qishloqlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanishga va’da bergan edi. 

Shu bilan birga, KXDRda yadroviy va raketa dasturlarini rivojlantirish tufayli xalqaro sanksiyalar, bir qator tabiiy ofatlar, shuningdek, mamlakatda «bezgak» deb atalgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sabab bo‘lgan iqtisodiy inqiroz keskinlashmoqda. 

Butun pandemiya davrida rasmiylar mamlakatda koronavirus yo‘qligini e’lon qildi, joriy yilning may oyida ular «bezgak»dan birinchi o‘limni rasman tan oldi, avgust oyida esa «bezgak» epidemiyasi to‘liq bartaraf etilgani e’lon qilindi.

Mavzuga oid