ShHT sammitida xizmat qiluvchi avtomobillar uchun vaqtinchalik maxsus avtoraqamlar joriy etildi
15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammit o‘tkaziladigan kunlari Samarqand shahrining ayrim markaziy ko‘chalarida harakatlar cheklanishi avvaldan e’lon qilingan edi.
Shuningdek, Samarqand shahriga kirib o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi avtomagistrallar orqali harakatlanish aylanma yo‘llar orqali tashkil etilishi avvaldan belgilab qo‘yilgan.
Samarqand shahrida o‘tadigan sammitda 15 ta davlat yetakchilari, xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari ishtirok etishadi. Shu sababli, delegatsiyalar kortejini olib yuruvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi avtotransport vositalariga vaqtinchalik davlat qayd etish avtoraqamlari joriy etilgan.
Bu avtoraqamlarda qaysi hududga mansub ekanligini bildiruvchi raqamli kodlar joylashtirilmagan. Uning o‘rniga ShHT emblemasi tushirilgan.
Foni oq bo‘lgan SSS va SSP seriyali avtoraqamlarda DYHXX xizmat mashinalari, shuningdek, delegatsiya a’zolarini olib yuruvchi avtobus va minibuslarga ajratilgan.
Ko‘k fonli, SCO seriyali avtoraqamlar taqilgan avtomashinalar delegatsiya a’zolari uchun xizmat qilishadi.
Shuningdek, foni sariq bo‘lgan avtoraqamlar ham sammitda xizmat qiluvchi ayrim avtomashinalar uchun ajratilgan.
Mavzuga oid
21:21 / 17.10.2024
O‘zbekistonning ShHT budjetidagi ulushi ma’lum bo‘ldi
20:51 / 01.08.2024
2024 yilning dastlabki 6 oyida avtoraqamlar savdosi 3 barobar oshdi
15:39 / 08.07.2024
ShHT yana kengaydi. Bu tashkilotning amaliy emas, deklarativ xarakterini kuchaytiradimi?
18:48 / 04.07.2024