Foto: Eron prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14 sentabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Samarqand aeroportida uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Samarqand shahridagi Kongress markazida Ibrohim Raisiyni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Eron prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi.
Ikki mamlakat yetakchilari shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Eron davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar faxriy qorovul oldidan o‘tib, harbiy xizmatchilarni qutladilar. Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari qatnashdi.
Birgalikda suratga tushishdan so‘ng davlat rahbarlarining muzokaralari boshlandi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini ko‘rib chiqadi. Muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolanadi.
Ibrohim Raisiy Shanhay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024