O‘zbekiston | 11:08 / 21.09.2022
6724
1 daqiqa o‘qiladi

«Yamal» aviakompaniyasi Samarqand va Moskvani to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

20 centyabr kuni Samarqand xalqaro aeroporti Rossiyaning «Yamal» aviatashuvchisi birinchi yo‘lovchi reysini qabul qildi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Moskvadan (Domodedovo) Airbus A321 samolyoti Samarqand aeroportiga kelib qo‘ndi va u suv arkasi bilan kutib olindi.

«Yamal» aviakompaniyasi Moskva – Samarqand – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslari haftada bir marta seshanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqanddan uchish esa mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da amalga oshiriladi.

«Yamal» aviakompaniyasi o‘z faoliyatini 1997 yilda boshlagan bo‘lib, bugungi kunda u Rossiya G‘arbiy Sibir mintaqasidagi eng yirik aviatashuvchilardan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid