Quyosh panellarini chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
quyosh suv isitish uskunalari va quyosh fotoelektrik panellarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Solar cluster klasteri doirasida investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi;
mazkur loyihalarni joylashtirish uchun “Chiroqchi” EIZdagi (Qashqadaryo viloyati) yer uchastkalari belgilangan boshlang‘ich narx 10 foizi miqdoridagi narx bilan elektron onlayn-auksionga chiqariladi;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va yirik sanoat korxonalari tomonidan muqobil energiya manbalarini loyihalashtirish va qurilmalarni xarid qilish davlat xaridlari elektron tizimida mahalliy korxonalar orasida eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga ko‘ra ishlab chiqaruvchilarga oldindan to‘lov shartisiz “fyuchers” kontraktlari asosida amalga oshiriladi.
Fyuchers kontraktiga ko‘ra sotuvchi tovarni (aktivni) shartnoma tuzilgan paytdagi narx bo‘yicha kelgusida yetkazib berish majburiyatini oladi.
Investitsiya loyihalari ro‘yxatida 5 ta kompaniya ko‘rsatilgan bo‘lib, loyihalar umumiy qiymati 38,7 mln dollar miqdorida baholanadi. Loyihalar doirasida 500 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
22:46 / 26.10.2024
Dunyodagi eng nufuzli biznes-indeks tiklandi
21:10 / 22.10.2024