O‘zbekiston | 17:00 / 28.09.2022
10702
2 daqiqa o‘qiladi

Pure Milky – tabiiy sut mahsulotlari, tabiiy hayot uchun

Foto: Pure Milky

Pure Milky – tabiiy sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Tashkilot 3000 gektarli xususiy ferma, 8000 bosh zotdor sigir, 500 dan ortiq mehnatkash xodim va Yevropa standartlariga mos zavodga ega. Kompaniya hozirda kuniga 100 tonnagacha tabiiy sut mahsulotini qayta ishlab, O‘zbekistondagi oilalarning quvonchli kundalik hayotiga hissa qo‘shmoqda.

Sifat nazorati yemdan boshlanadi

Sigirlarning sof sut berishlari uchun tabiiyki, ularning yemishi yuqori sifatli bo‘lishi lozim. Pure Milky ana shunday sifatli yem uchun o‘tni o‘z yaylovlarida yetishtiradi.

Zotdor sigirlar

Kompaniyaning 8000 boshdan ortiq zotdor sigirlari Germaniya, Gollandiya va Daniya kabi davlatlardan keltirilgan. Sigirlarning o‘rtacha vazni 700-800 kilogramm bo‘lib, har bir sigir kuniga 30 litrgacha sut beradi.

Foto: Pure Milky

Yevropa standartlariga mos

Pure Milky mahsuloti va mahsulot ishlab chiqarish texnologiyalari O‘zbekiston va Yevropa standartiga to‘liq mos keladi. Zamonaviy uskunalar Italiya, Germaniya va Bolgariya kabi rivojlangan davlatlardan keltirilgan.

Foto: Pure Milky

Laboratoriya tekshiruvi

Oq kiyim va baxilalar – Pure Milky xodimlarining kunlik formasi. Ular tozalik va gigiyenaga shifokorlardek ahamiyat berishadi. Laboratoriyadagi mutaxassislar esa mahsulotlarga bakteriyalar tushib qolmaganini qayta va qayta tekshiradilar.

Foto: Pure Milky

Birinchi iste’molchi — degustatorlar

Barcha tekshiruvlardan o‘tgan mahsulotlarni esa sifat nazorati bo‘limi mutaxassisi, mikrobiologiya bo‘limi boshlig‘i, laboratoriya yetakchisi, marketolog, sotuv bo‘limi xodimlari va moliya direktori xuddi mahsulotlar o‘z uylariga ketadigandek tatib ko‘rib, yakuniy xulosa beradi.

Pure Milky – tabiiy sut mahsulotlari, tabiiy hayotingiz uchun. Bizni do‘konlardan izlang.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Instagram

Facebook

Telegram

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid