O‘zbekiston | 16:29 / 30.09.2022
15177
4 daqiqa o‘qiladi

O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bu yil ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida nishonlandi

O‘qituvchilar murabbiylar kuni - umumxalq bayrami bu yil o‘zgacha shukuh bilan nishonlanmoqda. Butun respublikadan xizmat ko‘rsatgan fidoyi o‘qituvchilar bu yil Samarqand shahriga taklif etildi.

Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tgan IPAK YO‘LI Samarqand xalqaro turistik markazidagi besh yulduzli mehmonxonalarga joylashtirildi.

Ustoz va murabbiylar turistik markazda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdi. Boqiy shahar etnoshaharchasini va eshkak eshish kanali bo‘ylab sayohat qilishdi. Ular beqiyos taassurotlarga ega bo‘lishdi. Albatta, tantananing bu tarzda tashkillashtirilishi bejiz emas.

O‘qituvchilarimiz yurtimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlarini kollektiviga, mahallasiga, hattoki o‘zlari ta’lim berayotgan farzandlarimizga ham so‘zlab berishadi.

29 sentabr kuni ShHTning asosiy tadbirlari o‘tgan Kongress markazda bayramona tadbir tashkillashtirildi. Qahramon o‘qituvchilarimiz xorazmlik Anor Mahmudova va qashqadaryolik Muhabbat Sharapova bu yilgi tantana har yilgidan boshqacha joziba va shukuh bilan o‘tayotganini ta’kidlab o‘tishdi.

Anor Mahmudova, O‘zbekiston Qahramoni
Muhabbat Sharapova, O‘zbekiston Qahramoni

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tabrigini Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi.

Sherzod Asadov, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining matbuot kotibi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva o‘qituvchilarni tabriklab, Prezident farmoniga ko‘ra   davlat mukofotlari bilan taqdirlangan o‘qituvchi va murabbiylarga orden va medallarni topshirdi.

Biz unvon va ordenlar bilan taqdirlangan ayrim o‘qituvchi hamda murabbiylarning fikri bilan qiziqdik. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Abduqodir Shamsiddinov munosib ravishda «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. U ayni paytda tibbiyot va ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 70 dan ortiq olimlarga ustozlik qilgan.

Abduqodir Shamsiddinov.

O‘rta Chirchiq tumanidagi 124-imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab-internati tarbiyachisi Bahodir Eshonqulov ham o‘ziga berilgan unvon butun jamoa ishining e’tirofi deb hisoblashini aytib o‘tdi

Bahodir Eshonqulov

Qiziriq tumani 14-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Abdurahmon Mengliyev ham hayajonlarini yashira olmadi. O‘zining kamtarona mehnatlari yuksak mukofotga loyiq ko‘rilganiga tashakkur bildirdi.

Abdurahmon Mengliyev

Prezident farmoni bilan nafaqat xalq ta’limi, shuningdek oliy va o‘rta maxsus, maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ustoz hamda murabbiylar ham yuksak mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

Ko‘kdala tumanidagi kollejlardan birida 20 yildan buyon yosh pedagog xodimlarni tayyorlab kelayotgan Mo‘min Azimov yuksak e’tirof unga qo‘shimcha kuch va chog‘lantirish baxshida etgani, shijoat bilan ishlashda davom etajagini bildirdi.

Mo‘min Azimov

Qarshi shahridagi 46-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Dilnavoz Quvvatova esa yanada yuksak marralarni ko‘zlagan holda, sohaga zamonaviy ta’lim uslublarini joriy etishda davom etishini bildirdi.

Dilnavoz Quvvatova

Bayramona tadbir kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi. Samarqanddagi ikki tun mehmon bo‘lgan mehmonlar shaharning qadimiy osori-atiqalari bilan ham tanishishdi.

Shuhrat Shokirjonov, jurnalist

Tasvirchi va montaj ustasi: Faxriddin Hotamov

Mavzuga oid