Ermitaj rahbarlaridan biri iste’foga chiqdi va Rossiyani tark etdi
Dmitriy Ozerkov Ermitajda 22 yil ishlagan. O‘zining Instagram’ida «hozirgi Rossiya Federatsiyasi bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini» ma’lum qildi.
Ermitajning zamonaviy san’at bo‘limi boshlig‘i Dmitriy Ozerkov 22 yillik faoliyatidan so‘ng muzeydan ketdi va Rossiyani tark etdi. Bu haqda Ozerkovning o‘zi 2 oktyabr, yakshanba kuni Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
U Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin iste’foga chiqishga qaror qilganini tushuntirdi. «Yakuniy qaror muzey direktori Mixail Piotrovskiy bilan suhbatdan keyin qabul qilindi», deya aniqlik kiritdi Ozerkov. Uning qo‘shimcha qilishicha, mart oyining boshidan beri Ermitaj faoliyatida ishtirok etmagan.
Dmitriy Ozerkov, shuningdek, «hozirgi RF bilan hech qanday umumiylikka ega bo‘lishni xohlamasligini» ma’lum qildi. «Rossiya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborgach, Rossiyada muloqot va hurmat hech narsani anglatmay qo‘ydi, bu xabar o‘rnini targ‘ibot egalladi, unda Rossiya qurolli kuchlarining tinch aholiga qarshi ko‘plab jinoyatlari haqida hech narsa deyilmayapti. Rossiya fuqarosi sifatida buni sharmandalik va o‘z aybim sifatida qabul qilaman hamda bu fikrga qo‘shilaman», deb yozgan Ozerkov. Uning so‘zlariga ko‘ra, «hozirgi Rossiyada va uning uchun nimadir qilishni to‘xtatishga» qaror qildi.
Dmitriy Ozerkov ITMO universitetining Art&Science magistrlik dasturi rahbari, «Tsifergauz» galereyasi kuratori, Masters Digital raqamli platformasi kuratori lavozimlarini, shuningdek, Sankt-Peterburg gubernatori huzuridagi madaniyat va san’at kengashini tark etganini ta’kidladi.
«Septuagintlar (Qadimgi Ahd matnlarining qadimgi yunon tiliga tarjimalari to‘plami) mualliflari tomonidan qo‘llanilgan Exodus («yakun») yunoncha so‘zi bugungi vaziyatdan chiqishning yagona yo‘liga aylangan barchani tabriklayman. Rossiya barchamizni, o‘z madaniyati uchun faqat yaxshilikni istaganlarni siqib chiqardi», — deya qo‘shimcha qildi Ozerkov.
Ermitaj direktori Mixail Piotrovskiy iyun oyida «Rossiyskaya gazeta»ga intervyu berdi. Unda u «bir tomondan urush qon va qotillik bo‘lsa, ikkinchi tomondan - odamlarning o‘zini o‘zi tasdiqlashi, millatning o‘zini o‘zi tasdiqlashi» degan fikrni bildirgan. «Bu juda baland ovozda eshitiladi, lekin mamlakatimizning tarixiy missiyasini tushunamiz. Bizning davlat jahon tarixini o‘zgartirayotgani va bunda siz ham ishtirok etayotganingiz haqidagi tuyg‘u hozir muhim», dedi Piotrovskiy.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024