O‘zbekiston | 10:27 / 07.10.2022
5088
2 daqiqa o‘qiladi

Maktab o‘quvchilarini ma’naviy tarbiyalash konsepsiyasi tasdiqlandi

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Konsepsiya prezidentning “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadi:

  • maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko‘tarish;
  • maktab o‘quvchilari kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ma’naviy kuch va milliy iste’dodlarni saqlash;
  • harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini targ‘ib etish, o‘rganish;
  • uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish;
  • o‘quvchilarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash.

 
Hujjat bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Mavzuga oid