Surxondaryoda fuqaroni 2 500 dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Dastlabki surishtiruvda ushbu shaxs yana ko‘plab insonlarni aldab, ularning pullarini o‘zlashtirgani aniqlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 oktabr kuni, Termiz shahar Majnuntol mahallasida yashovchi, M.Suxrob shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga nisbatan firibgarlik qilmoqchi bo‘layotgan shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Uning arizasiga asosan, 2022 yil 3 oktyabr kuni Termiz shahar A.Avloniy mahallasi hududida, viloyat IIB va DXX boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, shaharning Do‘stlik mahallasida yashovchi S.Samandar M.Suxrobning ishonchiga kirib, o‘zining harbiy qismda ishlashini va uni Milliy gvardiyaga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, 2 500 AQSh dollari talab qilib, shundan 5,5 million so‘m pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, S.Samandar bir necha kishiga nisbatan firibgarlik qilib, ularning pullarini o‘zlashtirib ketgani aniqlangan.
Jumladan, 2022 yil avgust oyida, D.Dalerning ishonchiga kirib, uning ukasini jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilishini aytib, 2,5 million so‘m olgan. Sh.Saodatga bankdan kredit chiqarib berishini aytib, 2,5 million so‘mlik bir juft tilla ziragini olib ketgan.
Bundan tashqari, S.Samandar 2022 yil may oyida, T.Tolibning ishonchiga kirib, bundan 10 yil muqaddam qarz bo‘lgan M.Avazov va Ya.Avazovdan 25 million so‘m pullarini olib berishini aytib, 500 AQSh dollari va uning shaxsiy hujjatlarini olib ketgan.
Shuningdek, 2022 yil 3 sentabr kuni B.Barnoning ishonchiga kirib, 1 dona tilla uzuk va 1 juft tilla ziraklarni 10 sentabr kuni pulini berishini aytib olib ketgan.
Qayd etilishicha, 2022 yil 3 oktyabr kuni S.Samandarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:41 / 30.10.2024
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
16:54 / 26.10.2024
Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
19:37 / 25.09.2024
Sho‘rchi tumani hokimi o‘zgardi
17:09 / 24.09.2024