Jahon | 08:41 / 01.11.2022
12302
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Yangi zarbalar Rossiyaga nisbatan dunyodagi pozitsiyani kuchaytiryapti

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirishda davom etadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida ma’lum qildi. 

Foto: president.gov.ua

Ukraina davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning qo‘shni davlatdagi nishonlarga yangi zarbalari «Rossiya mas’uliyati bo‘yicha xalqaro konsensusni faqat osonlashtiradi va yaqinlashtiradi». 

Shu bilan birga, har o‘nta aniq berilgan zarba uchun Rossiya armiyasi kamida to‘rt baravar ko‘proq raketa sarflayapti, deya ta’kidlab o‘tdi Zelenskiy. 

«Dunyo ko‘rib turibdiki, dunyoning sobiq ikkinchi armiyasi o‘z samaradorligi bo‘yicha hozirgi kunda hatto 22-o‘rinda ham emas. Biz u umuman ikkinchi yuzlikka kirishi uchun hamma narsani qilamiz», - deya qo‘shimcha qildi Ukraina davlati rahbari.

Bundan oldin Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi harbiy hujum boshlanganidan beri Rossiya allaqachon janglarda 70 mingdan ortiq harbiy xizmatchilarini yo‘qotganini ma’lum qilgandi. 

Uning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 fevraldan beri Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarining umumiy jangovar yo‘qotishlari taxminan 70 250 kishini tashkil qildi.

Bundan tashqari, Rossiya 2659 ta tank, 5401 ta zirhli jangovar mashinalar 1708 ta artilleriya tizimlari va 380 ta yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlaridan mahrum bo‘lgan.

Mavzuga oid