Foto: BMT Jahon turizm tashkiloti rahbariga O‘zbekistonning turizm salohiyati tanishtirilmoqda
BMTning (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistonga keldi. Samarqandda boshlangan tashrif Toshkentda davom ettirilmoqda.
Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.
Dastlab UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili «II O‘zbekiston iqtisodiy forumi»da ishtirok etish uchun Samarqand turistik markazida joylashgan kongress-hollga ham keldi. Qayd etish joizki, 2023 yilda O‘zbekiston Jahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasiga mezbonlik qiladi va ushbu tadbir aynan Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Zurab Pololikashvili Samarqand turistik markazidagi «Boqiy shahar»ni ko‘zdan kechirdi. Pololikashvili ushbu maskanning turistik imkoniyatlarini alohida e’tirof etdi.
U «Konigil» turizm qishlog‘iga keldi va bu yerning sayyohlik salohiyati bilan tanishdi. Qolaversa, u bu yerda hunarmandchilik buyumlarini ko‘zdan kechirdi va ularni yuqori baholadi. Shuningdek, mahorat darslari ham tashkil etildi. A.Abduhakimov mehmonni «Konigil» turistik qishlog‘ining kundalik hayoti va bu yerda yashaydigan insonlarning turmush tarzi bilan tanishtirdi va ular haqida ma’lumot berdi.
Zurab Pololikashvili «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi hamda universitet hayoti va ta’lim jarayoni bilan tanishdi. Pololikashvili talabalar uchun mehmon ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
So‘ngra Zurab Pololikashvili Samarqanddagi diqqatga sazovor osori-atiqalar — Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasida bo‘ldi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi delegatsiya mamlakat turizm brendini aks ettiruvchi maxsus logotiplar bilan qoplangan avtokarvonda Qatarga — futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘l oldi. Zurab Pololikashvili va bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ana shu avtokarvonni kuzatish tadbirida ishtirok etishdi.
Toshkentda UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili taniqli gruzin ijodkori Shota Rustaveli haykali poyiga gul qo‘ydi va uning xotirasiga hurmat bildirdi.
Bosh kotib Aziz Abduhakimov hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonga xiyobon, xususan, undagi tarixiy suratlar, artefaktlar haqida muhim ma’lumotlar berildi. Pololikashvili «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining hududi, qurilish strukturasi va boshqa jihatlarini alohida e’tirof etdi.
Zurab Pololikashvili hamda Aziz Abduhakimov «Amirsoy» dam olish maskaniga ham borishdi.
Pololikashvilining O‘zbekistonga tashrifi 7 noyabrga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
00:36 / 19.11.2024
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
23:32 / 13.11.2024