Jamiyat | 09:14 / 06.11.2022
17965
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda tibbiyot kollejiga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar olgan shaxs ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Namangan, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida o‘qishni ko‘chirib berish hamda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro D.Yu. fuqaro I.K.ning Qirg‘izistonda joylashgan universitetdagi o‘qishini tanishlari orqali O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirib berishini aytib, aldov yo‘li bilan 3 ming dollar olgani aniqlangan.

Departamentning Olot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.T. fuqaro N.A.ning qizini tanishlari orqali qo‘shni Qozog‘istondagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 250 dollarni hamda fuqaro A.B.ni Qozog‘istonda joylashgan universitetdagi o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirib berishini aytib, 2 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Departamentning Dang‘ara tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro M.T. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qo‘qon tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid