O‘zbekiston | 16:41 / 12.11.2022
18517
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda zilzila sodir bo‘ldi

12 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 16:22 da O‘zbekiston Respublikasi hududida zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 16:22 da zilzila sodir bo‘ldi. Episentr: Andijon viloyati, Jalaquduq tumani.

Zilzila koordinatalari: 40,78 gradus shimoliy kenglik; 72,55 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 285 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Andijon tumanida 3 ball, 8 km.
  • Jalaquduq tumanida 3 ball, 9 km.
  • Xo‘jaobod tumanida 3 ball, 16 km.
  • Andijon shahrida 3 ball, 17 km.
  • Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 21 km.
  • Paxtaobod tumanida 2-3 ball, 23 km.
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida 2 ball, 27 km.
  • Izboskan tumanida 2 ball, 28 km.
  • Asaka tumanida 2 ball, 30 km.
  • Oltinko‘l tumanida 2 ball, 30 km.

Mavzuga oid