Jahon | 17:05 / 12.11.2022
34307
6 daqiqa o‘qiladi

Xersonga kirayotgan ukrain harbiylari, Luhanskda rossiyalik askarlarning dafn marosimi. Urush suratlari

Prezident Volodimir Zelenskiy ukrain bo‘linmalari Xersonga kira boshlaganini aytdi. Rossiya mudofaa vazirligi Xerson oblastining Dneprning o‘ng sohilidagi qismidan 30 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, shuningdek besh mingga yaqin harbiy texnika olib ketilganini ma’lum qildi. BBC rus xizmati va «Mediazona» jurnalistlari ochiq manbalar asosida urushda qurbon bo‘lgan 8700 nafardan ortiq rossiyalik harbiylar shaxsini tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldi. Rossiya qo‘shini Xersondan ketganidan keyin vaqtincha annexia qilingan Xerson oblasti markazi Genichesk bo‘lib qoldi. Britaniyalik ko‘cha rassomi Benksi Kiyev oblasti Borodyanka shahridagi vayron bo‘lgan uylarda graffitilarini qoldirdi.

Quyida 11 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev atrofidagi Borodyankada Benksi graffitilari

Vayron qilingan Borodyankadagi Benksi graffitisi. Britaniyalik ko‘cha rassomi instagramda e’lon qilingan suratlardagi ishlar uniki ekanini tasdiqladi. Bu ushbu taniqli rassomning Ukrainadagi urushdan keyingi ilk graffitilari. Borodyanka Ukrainaga bosqinning ilk haftalarida rossiyaliklar aviazarbalaridan eng jiddiy shikastlangan shahar bo‘lgandi.
Ed Ram / Getty Images
Borodyankada vayron bo‘lgan binoning Benksi graffitisi bilan ko‘rinishi
Ed Ram / Getty Images
Irpindagi devorda aks etgan badiiy gimnastikachi graffitisi. Surat Benksi uslubida chizilgan, ammo rassomning o‘zi hozircha bu uning graffitisi ekanini tasdiqlamadi. Urushning ilk haftalarida Irpinda shiddatli janglar kechgandi.
Ed Ram / Getty Images
Borodyankda Benksining ijod mahsuli bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir graffiti (rassom hozircha uning muallifi o‘zi ekanini tasdiqlamadi). Unda yosh bola sharqiy yakkakurash sporti (Vladimir Putinning sevimli sporti) formasidagi erkakni yiqitmoqda.
Ed Ram / Getty Images

Ukrainlarga qaytayotgan Xerson

Xerson oblastining Mirolyubovka qishlog‘ida zarbalardan shikastlangan bino. Ushbu aholi yashash manzili 3 oktyabr kuni ozod etilgan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
O‘qituvchi Yuriy Nevolchuk Xerson oblasti Blahodatnoye qishlog‘ida mototsiklda harakatlanmoqda. 11 noyabr holatiga ko‘ra, Ukraina Xerson oblastining 12 ta aholi yashash manzilini ozod etgandi: Dudchani, Pyatixatki, Borozenskoye, Sadok, Bezvodnoye, Ishchenka, Kostromka, Krasnolyubetsk, Kalinovskoye, Bobroviy Kut, Bezimyannoye va Blahodatnoye.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Blahodatnoye qishlog‘ida Rossiya armiyasi tomonidan vayron qilingan uyda turgan ayol.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonga olib boruvchi shosseda zarbaga uchragan avtomobil. Yaqinda rossiyaliklar tomonidan qaytarib olingan aholi yashash punktlari atrofida yakson etilgan transport vositalari, tanklar, zirhli avtomobillar va fuqarolik avtomobillari qolgan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Blahodatnoyeda rossiyaliklardan o‘lja qilib olingan zirhli transportyor yonida turgan ukrain harbiysi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Blahodatnoyeda rossiyaliklar qoldirib ketgan minomyot snaryadlari solingan quti ustida o‘tirgan ukrain askari.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina armiyasi askari Xersonga kirish joyida. Ukraina armiyasi Xersonga 11 noyabr kuni kirib kela boshladi. «Bugun tarixiy kun — biz mamlakatimiz janubini qaytarmoqdamiz. Biz Xersonni qaytardik. Bugungi kunda bizning himoyachilarimiz — shahar ostonasida. Ammo maxsus bo‘linmalar allaqachon shaharga kirib bo‘lgan», — dedi 11 noyabr kuni Volodimir Zelenskiy.
Dagaz / AP / Scanpix / LETA

Xerson atrofida portlatilgan ko‘priklarning sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinishi

Rus qo‘shinlari Dnepr daryosining o‘ng sohilidan chekinayotib, Antonov temiryo‘l va avtomobil ko‘prigini, shuningdek Kaxovka GeSi to‘g‘onidagi ko‘prikni portlatib buzib ketishganining sun’iy yo‘ldoshdan tushirilgan fotosuratlari tarqaldi.
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA
Xersondagi Antonov temiryo‘l ko‘prigidagi vayrongarchilikning yirik plandagi ko‘rinishi. U Antonov avtomobil-piyodalar ko‘prigi bilan parallel joylashgan.
Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA

Mikolayivda turar joy binosiga zarba 

Mikolayivda vayron bo‘lgan turar joy binosidagi qutqaruvchilar. Rossiyaliklar raketasi besh qavatli uyga kelib tushgan. Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatiga ko‘ra, uy qulashi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgan.
Ukraina DFVV / Reuters / Scanpix / LETA
Politsiya 11 noyabr kuni o‘qqa tutilgan Mikolayivda halok bo‘lgan kishi jasadini ko‘zdan kechirmoqda.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivda tungi zarbalar kelib tushgan joyda yig‘layotgan ayol.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivdagi besh qavatli binoning rossiyaliklar raketa zarbasidan keyingi ko‘rinishi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Luhanskda rossiyalik askarlar dafn etilishi 

Luhanskdagi qabristonda 38 nafar rossiyalik harbiyning dafn marosimida ishtirok etayotgan «Yunarmiya». 11 noyabr kuni jurnalistlar ochiq manbalar asosida Ukrainadagi urushda qurbon bo‘lgan qariyb 9 ming askar ro‘yxatini ochiqladi. Ulardan 150 dan ortig‘i — safarbar etilganlar. Haqiqiy yo‘qotishlar soni bundan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan 38 rossiyalik askarning dafn etilishi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan noma’lum askarlar qabrlari. Yodgorlik taxtachasida shunday yozilgan: «Isming noma’lum, jasorating o‘lmas».
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid