Oltin narxi so‘nggi uch oydagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi
Bunga dollar kursining pasayishi sabab bo‘lgan.
Seshanba kungi savdolar davomida oltin narxi biroz ko‘tarildi, biroq bu uch oylik eng yuqori ko‘rsatkichni yangilash uchun yetarli bo‘ldi.
Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) oltin uchun dekabr oyi shartnomalari kotirovkalari 0,2 foizga oshdi - bir troya unsiyasi uchun 1780,4 dollargacha. Bu 16 avgustdan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Dekabr oyida yetkazib berish uchun kumush narxi 0,7 foizga tushib, unsiya uchun 21,97 dollarni tashkil qildi.
Palladiy narxi 3,2 foizga ko‘tarilib, unsiyasi 2104 dollarga, platina esa 1,1 foizga oshib, unsiyasi 1044 dollarga yetdi.
Oltin narxi o‘sishining asosiy omili dollarning zaiflashishi hisoblanadi. Dollarning asosiy oltita jahon valutasiga nisbatan kursi dinamikasini kuzatuvchi ICE U.S. Dollar indeksi savdolar paytida taxminan 0,8 foizga pasaygan.
Bundan tashqari, kotirovkalarning oshishiga AQSh davlat obligatsiyalari daromadining pasayishi ham yordam bermoqda, deb hisoblaydi Bannockburn Global Forex kompaniyasi katta strategi Mark Chandler.
«Daromadning pasayishi va zaiflashayotgan dollar oltinga o‘z poygasini davom ettirishga yordam bermoqda», — dedi ekspert.
Mavzuga oid
17:05 / 02.11.2024
O‘zbekiston sentabr oyida eng ko‘p oltin sotgan davlatlar qatoriga kirdi
21:33 / 29.10.2024
Oltinga qiziqishning oshayotgani dollar dominantligiga soya soladi - FT
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
08:50 / 29.10.2024