BMT iqlim konferensiyasida O‘zbekiston olgan majburiyat haqida ma’lumot berildi
13-18 noyabr kunlari Misrning Sharm al Shayx shahridagi COP27ʼda O‘zbekiston delegatsiyasi Senat raisi Tanzila Norboyeva rahbarligida ishtirok etgan.
BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi 27-yig‘ilishida O‘zbekistonning ishtiroki haqida O‘zgidromet 28 noyabr kuni o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.
O‘zgidromet direktori o‘rinbosari Ibratjon Karimovning ma’lumot berishicha, O‘zbekiston o‘tgan yili 2030 yilga borib issiqxona gazlari emissiyasini yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan 35 foizga kamaytirish bo‘yicha majburiyatlarini e’lon qilgan.
“Bu yil ham shu maqsadni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro talablarga rozilik bildirdik. Joriy yilda konvensiyaning asosiy maqsadi konvensiyaga a’zo mamlakatlar atmosfera havosiga tashlanayotgan issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha o‘tgan yili olingan majburiyatlarning bajarilishiga bag‘ishlandi”, – deydi u.
Shuningdek, O‘zgidromet direktori o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2 barobar jadalroq rivojlanmoqda. Bunga ham tabiiy, ham antropogen ta’sirlar sabab bo‘lgan.
“Markaziy Osiyoning arid iqlim hududda joylashganligi, yog‘inlarning kamligi tabiiy ta’sir bo‘lsa, asosiy aks ta’sir Orol dengizining qurishi natijasida iqlim o‘zgarishi salbiylashmoqda. Bular respublikada chang bo‘ronlarining 2 barobar ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining qisqarishiga sabab bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlari va odamlar hayotida salbiy ta’sirlarni paydo qilmoqda.
Mavzuga oid
14:31 / 09.11.2024
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
11:18 / 09.11.2024
10 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
12:10 / 08.11.2024
Dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
10:33 / 08.11.2024