Iqtisodiyot | 12:06 / 28.11.2022
34054
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yil yanvar-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 7,5 mlrd dollar, eksport – 2,2 mlrd dollar, import 5,3 mlrd dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi mos ravishda 7,4 mlrd hamda 3,7 mlrd dollarni tashkil etgan Rossiya (7,4 mlrd, eksport – 2,5 mlrd, import 4,9 mlrd dollar) va Qozog‘iston (3,7 mlrd, eksport – 1,1 mlrd, import 2,6 mlrd dollar) joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Turkiya – 2,7 mlrd, eksport – 1,3 mlrd, import 1,4 mlrd dollar;
- Koreya – 1,9 mlrd, eksport – 42 mln, import 1,9 mlrd dollar;
- Qirg‘iziston – 990 mln, eksport – 773 mln, import 217 mln dollar;
- Germaniya – 870,4 mln, eksport – 81 mln, import 789,4 mln dollar;
- Turkmaniston – 614 mln, eksport – 170,6 mln, import 443,5 mln dollar;
- Afg‘oniston – 586,5 mln, eksport – 579,2 mln, import 7,3 mln dollar;
- Hindiston – 559,3 mln, eksport – 29,3 mln, import 530 mln dollar.
Mavzuga oid
22:22 / 16.11.2024
Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi
17:54 / 16.11.2024
T-Mobile uyali aloqa operatori xitoylik hakerlar hujumiga uchradi – OAV
16:48 / 16.11.2024
Xitoyda ayol bir sutkada olti marta plastik operatsiya qilinganidan so‘ng vafot etdi
14:22 / 16.11.2024