Yaponiya Andijonda avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyaning Yaponiyaga tashrifi davomida O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi, Birlashgan millatlar tashkiloti Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) bilan hamkorlikda Tokio shahrida “Andijon viloyati investitsiya hamda turistik salohiyati” mavzusiga bag‘ishlangan biznes-seminar tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ushbu tadbirda hozir bo‘lgan 100 nafardan ziyod yapon kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar vakillariga Andijon viloyatida chet el investitsiyalari hamda xorijiy sayyohlarni jalb qilish uchun yaratilayotgan sharoitlar, turizm sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirilishiga doir atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Yaponiya kompaniyalari vakillari tomonidan Andijon viloyatida mashinasozlik (avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish), qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.
Mavzuga oid
11:52
Andijondagi xonadonlardan birida 4 kishi gazdan zaharlanib vafot etdi - manba
15:24 / 30.10.2024
Yaponiyadagi qishloqda keksalar yolg‘izlikni yengish uchun ko‘chalarga qo‘g‘irchoqlar o‘rnatyapti
11:10 / 28.10.2024
Yaponiya hukmron partiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotdi
11:38 / 25.10.2024