Jahon | 08:20 / 05.12.2022
7798
2 daqiqa o‘qiladi

Baxmut yaqinidagi janglarda gruziyalik besh nafar ko‘ngilli halok bo‘ldi

3 dekabr kuni Donetsk viloyatining Baxmut shahri yaqinidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari safida jang qilgan besh nafar gruziyalik ko‘ngilli halok bo‘ldi. Bu haqda Ukrainaning Gruziyadagi elchixonasi Facebook'dagi sahifasida xabar berdi. 

Elchixona halok bo‘lganlarning ismlarini keltirgan: bu - Avto Rurua, Roland Kvaratsxeliya, Romeo Pichxaya, Merab Aladashvili va Badri Markeliya.

Bundan oldin Donbassning markaziy qismidagi Baxmut shahri so‘nggi haftalar davomida Ukrainadagi frontning eng qaynoq nuqtasi bo‘lib qolmoqda. 

Har kuni bu yerdan shiddatli janglar kechayotgani va ikki tomon ham yo‘qotishlarga uchrayotgani haqida xabarlar kelib turibdi, Rossiya qo‘shini Dneprning chap sohiliga chekinganidan keyin boshqa uchastkalarda nisbatan tinchlik hukm surayotgani fonida bu ayniqsa sezilarli bo‘lmoqda. 

«Baxmutdan janubda Rossiya qo‘shini Ozaryanovka va Andreyevkaga hujum qildi. Shu tariqa, ular Ukraina qurolli kuchlarining Kurdyumovkadagi garnizonini ikki tomondan o‘rab olib, bu hududdagi temiryo‘l liniyasini uzib qo‘yishga harakat qilmoqda. «Vagner» Kleshcheyevkaga yurish qilmoqda. Baxmutdan janubi-sharqda shiddatli janglar ketmoqda», deya yozadi rossiyalik harbiy muxbir Semyon Pegov WarGonzo telegram-kanalida.

Mavzuga oid