Bo‘stonliqda og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolar FVV tomonidan qutqarildi
FVV qutqaruvchilari tomonidan Toshkent viloyati tog‘li hududlarida og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi.
Kuni kecha, 4 dekabr kuni uch nafar fuqaro Xo‘jakent qishlog‘i hududida joylashgan tog‘larga chiqish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga borishgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, dengiz sathidan 1700 metr balandlikda sayohatchilardan biri sog‘lig‘i keskin yomonlashib qolgan.
Xabarda aytilishicha, ular o‘zlari pastga tusha olmay, Toshkent viloyati FVBdan amaliy yordam so‘ragan. Qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va sayohatchilarni pastga tushirgan.
Ularning ahvoli yaxshi bo‘lgani sababli kasalxonaga yotqizilmagani aytiladi.
Mavzuga oid
18:10 / 04.11.2024
Bo‘stonliqda tog‘ echkisini ovlagan brakoner ushlandi
20:33 / 14.10.2024
O‘zbekiston FVV kunlar sovishi tufayli ogohlantirish bilan chiqdi
10:55 / 22.09.2024
Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan to‘rt kishi qutqarildi
17:03 / 11.09.2024