O‘zbekiston moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining 60 dan ziyod standartini tan oldi
Moliya vazirining “O‘zbekiston hududida qo‘llash uchun moliyaviy hisobot xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari (MHXS) moliya hisobotlarini taqdim etishdagi tafovutlarni bartaraf etishga, kompaniyalar, jahon miqyosidagi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar sifatini oshirishga qaratilgan standartlar majmui. O‘zbekiston MHXSga bosqichma-bosqich o‘tib kelmoqda.
Hujjatga muvofiq O‘zbekiston hududida 60 dan ziyod MHXS va ularga tushuntirishlar matni qo‘llaniladi. Standartlarda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha hisob yuritish va hisobotni shakllantirish bo‘yicha qoidalar mujassamlashgan.
Mavzuga oid
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:10 / 20.10.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
20:06 / 18.10.2024
O‘zbekiston moliya tizimi uchun qanday xatarlar bor?
13:37 / 06.09.2024