Xerson o‘qlar yomg‘iri ostida qoldi. Qurbonlar va yaralanganlar ko‘p
Xerson o‘qqa tutilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi. Zelenskiy hodisani terror deb atadi.
24 dekabr kuni kunning birinchi yarmida rossiyalik harbiylar Xersonni o‘qqa tutdi. Prokuratura xabarida sakkiz kishi o‘limi va 20 nafarga yaqin kishi yaralangani haqida aytiladi. Oblast ma’muriyati rahbari Yaroslav Yanushevich so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra qurbonlar soni 10 nafarni tashkil etayotgani, 55 kishi yaralangani, shundan 18 kishi og‘ir ahvolda ekanini xabar qildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hodisani «terror» hamda «qo‘rqitish va zavq olish uchun qotillik qilish» deb atagan.
«Ijtimoiy tarmoqlar, katta ehtimol bilan bu suratlarni «ko‘ngli noziklar uchun bo‘lmagan kontent» deb belgilaydi. Ammo bu kontent emas — Ukraina va ukrainlarning haqiqiy hayoti.
Terrorchi mamlakat tinch fuqarolarni o‘qqa tutib, rus dunyosini olib kelishda davom etmoqda», deya yozadi u o‘z telegram-kanalida.
Tibbiy xizmatlar donorlik qoniga katta zarurat borligini xabar qilishgan.
Region rasmiylariga ko‘ra, «bozor, savdo markazi, turar joy binolari, ma’muriy binolar» zarbalar ostida qolgan. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ma’lumotiga ko‘ra, shaharga «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘t ochilgan.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, shahar o‘qqa tutilishi oqibatida 66 ta avtomobil yonib ketgan.
Mavzuga oid
15:22
«Biz bu urushni tugatishimiz kerak». Tramp Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik haqida gapirdi
14:03
Kallas: Yevropa Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda AQSh o‘rnini egallashga tayyor
11:57
Rossiya qo‘shinlari Xersonga aviabombalar bilan zarba berdi
11:13