O‘zbekiston | 22:29 / 04.01.2023
17711
2 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda sotilgan eng qimmat va eng arzon avtoraqamlar ma’lum qilindi 

Birjada sotilgan avtoraqamlar hajmi 304 milliard so‘mdan oshgan. 

2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining elektron savdo tizimida 304,1 mlrd so‘mlik 118 mingdan ziyod avtoraqam onlayn-auksion orqali sotildi. 

Sotilgan avtoraqamlarning o‘rtacha qiymati 2,6 mln so‘mni tashkil etgan. Ularning 91 foizini jismoniy shaxslar, 9 foizini yuridik shaxslar xarid qilgan.  

2022 yilda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 494,9 ming so‘mni, eng yuqori bahosi 348 mln so‘mni tashkil qilgan. Bu qanday raqam ekani haqida xabarda keltirilmagan. 

Bitimlarning 5 foizi birinchi toifadagi, 8 foizi ikkinchi va uchinchi, 11 foizi to‘rtinchi, 22 foizi beshinchi va 46 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (31 foiz) Samarqand va Qashqadaryo (8 foiz), Namangan, Andijon va Surxondaryo (7 foiz), hamda Xorazm (6 foiz) viloyatida xarid qilingan. 

Birja xabariga ko‘ra, avtoraqamni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi davlat budjetiga, 20 foizi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlarga yo‘naltiriladi. 

Mavzuga oid