Zelenskiy Sholsga Marder va Patriot uchun minnatdorchilik bildirdi
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Ukrainadagi siyosiy, harbiy va gumanitar vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Bu haqda Shols ofisida xabar berildi.
Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari «Rossiyaning boshlangan tajovuziga qarshi» Ukraina bilan o‘zgarmas birdamligini yana bir bor tasdiqladi.
Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hukumati 2022 yilda Ukrainaga 12 milliard yevrodan ortiq yordam ko‘rsatdi va bu kursni 2023 yilda davom ettiradi.
Zelenskiy, o‘z navbatida, Berlinga kuchli mudofaa paketi, xususan, o‘nlab Marder piyoda jangovar mashinalari va Patriot batareyasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Biz Ukraina armiyasini mustahkamlash bo‘yicha keyingi hamkorlikni muhokama qildik», — deb yozdi Ukraina rahbari Telegram'da.
Germaniya kansleri va Ukraina prezidenti konstruktiv fikr almashishni davom ettirishga kelishib oldilar, shu jumladan Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha takliflarini hisobga olgan holda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:40 / 07.10.2024
Zelenskiy tinchlikka erishish haqida: Hududlar oldi-sotdisida qatnashmaymiz
23:25 / 03.10.2024
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga 280 dan ortiq nomzod ilgari surildi. Ular orasida Navalniy ham bor
10:30 / 28.09.2024
Tramp: Putin ham, Zelenskiy ham urushni tugatmoqchi
20:34 / 27.09.2024