Toshkent viloyatida bolasiga ilon tutqazgan ota tushuntirish xati yozib berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolaning hovlida ilonni ushlab yurgani va bu harakatni amalga oshirishga uning otasining o‘zi undayotgani haqida video tarqaldi.
Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, voqea Ohangaron tumanining Go‘shsoy mahallasida 2022 yilning iyun oyida sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan Ohangaron tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i «Go‘shsoy» MFYda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro F.N.ning xonadonida bo‘lgan.
U fuqaro bilan yosh farzandi o‘ynashiga yo‘l qo‘yib bergani, bu bola hayoti va sog‘ligiga xavf solishi mumkinligi hamda bunday videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida suhbatlashib, tushuntirish ishlarini olib borgani aytiladi.
Fuqaro o‘z qilmishi to‘g‘ri bo‘lmaganini tan olib, xatti-harakatlari oqibatida farzandiga zarar keltirishi haqida o‘ylamagani, holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishi boshqalar uchun ham zarar keltirishi mumkinligini bilmaganini ta’kidlab, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymasligini aytib o‘tdi.
"Shu o‘rinda, fuqarolardan har qanday holatda ham yovvoyi hayvonlarga duch kelgan taqdirda o‘zingiz, farzandingiz va yaqinlaringizning hayotiga befarq bo‘lmaslikni, turli jonzotlarning zararsiz ekanini targ‘ib qilishga qaratilgan axborotlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishdan saqlanishni so‘rab qolamiz", deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Mavzuga oid
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
15:00 / 07.09.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
08:30 / 19.07.2024
Toshkent viloyatida artizan quduqlarni qazishga ajratilgan 600 mln so‘mni o‘zlashtirganlar aniqlandi
08:24 / 15.07.2024