O‘zbekiston | 14:01 / 31.01.2023
24404
2 daqiqa o‘qiladi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyatida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Prezident qarori bilan:
- Erkin Muhiddinov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Jamshid Abruyev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Ra’no Turdiboyeva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga (avval Oila va hotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari edi);
- Mirzohid Ubaydullayev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
- Ozoda Parpiboyeva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari:
- Bahodir Umrzoqov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
- Sodiq Turdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
- Abdulla Tursunov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
- Muxtor Muhiddinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
- Nodira Egamberdiyeva boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq uchta vazirlik – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi negizida tashkil etilgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbarligi SSVdan ketgan Behzod Musayev boshqaruviga o‘tgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024