O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida Britaniya bilan muzokaralar o‘tkazildi
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida (ISSV) mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni doirasida Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlot hamda Britaniya Biznes va savdo departamenti mutaxassislari bilan ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Muzokaralar guruhi a’zolari, shuningdek, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Ishchi guruhining navbatdagi, 6-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar bo‘yicha Buyuk Britaniya mutaxassislarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistonning Tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoniga texnik ko‘mak ko‘rsatish loyihasi doirasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
09:05 / 07.11.2024