Elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan bir qancha korxonalar aniqlandi
Yetkazilgan zarar miqdori 600 million so‘mdan oshgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va elektr ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda elektr energiyasi tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari fosh etilgan.
Jumladan, Zangiota tumanida «T.-B», «T.A» korxonalari va O‘rtaovul mahallasida yashovchi Yu.B. elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 476,6 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Qarshida «K.g» korxonasi rahbari issiqxonani elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 348,1 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Narpay tumanida «N.b» fermer xo‘jaligi rahbari A.T. va boshqalar xo‘jalik transformatorini hech qanday hujjatsiz yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 212,9 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Urganch tumanida «Z.Q.» va «J.N.» korxonasi rahbarlari umumiy ovqatlanish hamda qurilish obektini elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan ulab, 122,3 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Xonobod shahrida «N.O» oilaviy korxonasi rahbari elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan ulanib, 120 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 618 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
23:51 / 27.10.2024
Bosh prokuratura OAV vakillarini tasdiqlanmagan axborot tarqatishdan ogohlantirdi
15:34 / 24.10.2024
Sanoat korxonalari chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatishni paysalga solmoqda - Bosh prokuratura
13:05 / 11.09.2024