Jamiyat | 23:27 / 07.03.2023
15090
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda qamishzorga o‘t ketdi 

FVB qutqaruvchilari 5 gektar maydondagi yong‘inni yarim soat ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Illyustrativ foto

Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida 5 gektar maydondagi quruq o‘t va qamishlarga o‘t ketgan. Sirdaryo viloyati FVB xabariga ko‘ra, yong‘in yarim soat ichida o‘chirilgan. 

Hodisa 2023 yil 7 mart kuni sodir bo‘lgan. Tushdan keyin Sholikor mahallasida joylashgan «Kolgansir» o‘rmon va ov xo‘jaligi hududida taxminan 5 gektar maydonda quruq o‘t va qamishlar yongan.  

2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:05 da manzilga yetib borib, soat 15:33 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Natijada, o‘rmon va ov xo‘jaligining taxminan 200 gektar maydoni yong‘indan saqlab qolingan.  

Yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda. 

Mavzuga oid