Samarqandda 18 yoshli qiz o‘zini suvga tashlab vafot etdi
Qiz oliy ta’lim muassasalaridan birining talabasi bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi ko‘prikdan bir qiz o‘zini suvga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Hodisa 2023 yil 10 mart kuni soat 21:25 larda Oqdaryo tumani va Samarqand tumanini bog‘lab turuvchi Qoradaryo daryosi ustidagi ko‘prikda sodir bo‘lgan.
Oqdaryo tumani O‘zbekiston mahallasida yashagan 18 yoshli qiz ko‘prikdan o‘zini suvga tashlab, joniga qasd qilgan. Hozirda qizning o‘limi sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024