Jamiyat | 16:10 / 15.03.2023
14548
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Beeline Uzbekistan ko‘magida Tumaris.EXPO ayollar startaplari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda Beeline Uzbekistan ko‘magida Tumaris.EXPO xalqaro startap ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan IT Tumaris.TECH sohasida ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yillik Markaziy Osiyo dasturining yakuniy nuqtasi bo‘ldi.

Foto: Beeline Uzbekistan

O‘z startaplarini ekspertlar, investorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari oldida taqdim etish imkoniyati Tumaris.TECH doirasida inkubatsiya va akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchi jamoalar uchun mukofot bo‘ldi. Natijada Tumaris.EXPO uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan mualliflari ayollar bo‘lgan 17 ta eng yaxshi loyiha tanlab olindi. Rivojlanish mavzulari juda xilma-xil bo‘lishiga qaramay – tibbiyotdan tortib NFT’gacha, ularning barchasida umumiy narsa bor edi – har bir loyiha ijtimoiy ahamiyatga ega va jamoat muammolarini hal qiladi.

Tadbir doirasida, shuningdek, xalqaro ekspertlarning IT yo‘nalishlari va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish imkoniyatlari, tarmoq bo‘limi va startap battl haqida so‘zlab bergan seminarlar bo‘lib o‘tdi.

“Tumaris.Tech dasturi mamlakatimiz uchun ham, butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham muhim rol o‘ynaydi. Hamkorlar va hamkor tashkilotchilar sifatida biz uchun IT sohasida ayollarning rivojlanishi uchun platforma yaratish, turli sohalardagi eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilish hamda qulay o‘rganish va tajriba almashish uchun barcha sharoitlarni yaratish muhim edi. Loyihaning asosiy hamkori sifatida biz ishtirokchilarning g‘oyalari haqiqatan ishlaydigan startaplarga aylanayotganini ko‘rishdan mamnunmiz”, – deya o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski. 

“Biz Beeline Uzbekistan'da odamlarga ularning jinsidan qat’iy nazar ajoyib g‘oyalar kelishiga ishonamiz. Buning tasdig‘ini biz har kuni xalqaro miqyosdagi loyihalarni o‘zlari taklif qiladigan, amalga oshiradigan va boshqarayotgan iqtidorli xodimlarimiz orasida ko‘rib turibmiz. Shu bois loyihani 5 ta davlatga kengaytirish g‘oyasini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladik va ayollar rivojlanishi uchun eng yaxshi ekspert va murabbiylarni jalb etdik. Ishonamanki, Tumaris.TECH kabi loyihalar global o‘zgarishlarni, jumladan, odamlar ongida, ularning turmush tarzi va tafakkurida o‘zgarishlarni boshlaydi va biz foydali bo‘lishdan hamda o‘z hissamizni qo‘shishdan xursandmiz”, – deya qo‘shimcha qiladi Beeline Uzbekistan'ning tashkiliy rivojlanishi va xodimlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Sofiya Gainutdinova.

Digital-operator VEON guruhining bir qismi sifatida Tumaris.Tech Expo'ga ekspert yordamini taqdim etdi. Anjumanda VEON Group kompaniyasining raqamli mahsulotlar bo‘yicha direktori Djorj Xeld so‘zga chiqib, ishtirokchilarga jahon IT-bozoridagi tendensiyalar haqida gapirib berdi. 

Tumaris.TECH dasturining muvaffaqiyati haqida raqamlar gapiradi:

  • 113 ta ayollar startap loyihasi amalga oshirildi;
  • Tumaris.HACK hakatonida 68 ta prototip ishlab chiqilgan;
  • 200 dan ortiq ayol va qizlar IT kurslarini tamomlashgan;
  • 70 dan ortiq ishtirokchilar vakolatli investitsiya tamoyillarini o‘rgandilar;
  • 30 ta tayyorlov trekerlari o‘tkazilgan.

Tumaris.Tech birinchi marta 10 ta loyiha o‘rtasida startap battl o‘tkazdi. Hakamlar hay’atining ovoz berishi natijasida “OshME” ovqatlanish muassasalariga tashrif buyuruvchilarga tanlov qilishga yordam beruvchi, kichik va o‘rta biznes yangi mijozlarni jalb qilish bo‘yicha yo‘riqnoma g‘olib deb topildi. Ishtirokchilar va g‘oliblar haqida batafsil ma’lumotni ko‘rgazma tashkilotchisining saytidan olish mumkin.

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Mavzuga oid