Jahon | 10:00 / 05.08.2024
5021
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Beeline Uzbekistan Top Employer maqomiga ega bo‘ldi

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan O‘zbekistondagi telekommunikatsiya, bank va raqamli texnologiyalar sohalaridagi ushbu nufuzli maqomni olgan birinchi va yagona operator hisoblanadi.

Top Employers Institute xalqaro instituti VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingining bir qismi bo‘lgan Beeline Uzbekistan kompaniyasini xodimlarni boshqarishdagi ulkan yutuqlari hamda xodimlarning mehnat sharoitlari va rivojlanishining yuqori standartlari uchun yetakchi ish beruvchi sifatida sertifikatladi.

Mazkur sertifikat kompaniyaning xodimlarni boshqarish amaliyotida mukammallikka sodiqligini ta’kidlaydi. Beeline Uzbekistan’da odamlar — asosiy aktivdir, shuning uchun kompaniya mehnat sharoitlari va kasbiy rivojlanish uchun ilg‘or yondashuvlarni faol joriy etmoqda. Muvaffaqiyatli amaliyotlarga misol qilib, KPI’ni belgilash hamda baholash tizimlarini avtomatlashtirish, xodimlarni rivojlantirish uchun kompetensiya modellarini qo‘llash hamda xilma-xillik va inklyuzivlik bo‘yicha kuchli strategiyalarni keltirish mumkin.

Top Employer sertifikati Beeline Uzbekistan jahon HR standartlariga javob berishi va kar’yera rivojlanishi uchun optimal sharoit yaratishidan dalolat beradi. Kompaniya xodimlarga treninglar, kouching, top-menedjyerlardan mentorlik va Beeline universitetida keng ko‘lamli o‘quv dasturlari, jumladan, «Menedjyer 2.0» kabi boshqaruvchilarni rivojlantirish dasturlari va boshqa martaba o‘sishiga yordam beradigan tashabbuslar orqali kasbiy o‘sish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, kompaniya raqobatbardosh rag‘batlantirish tizimini taklif qiladi.

Ayni paytda Beeline Uzbekistan jamoasida 1900 nafar xodim bo‘lib, 60% erkaklar va 40% ayollar taqsimotiga ega, bu ko‘rsatkich yuqori rahbariyat darajasida ham aks etgan. Xodimlarning qoniqish darajasi yuqoriligi o‘qitish va rivojlantirish dasturlari samaradorligini tasdiqlaydi.

Beeline Uzbekistan’ning kuchli korporativ madaniyati ochiq eshiklar tamoyillari, yangi narsalarni o‘zlashtirishda xatoga yo‘l qo‘yish huquqini qo‘llab-quvvatlash va jamoaviy ishning qiymatiga asoslanadi. Muntazam taunxollar, fikr-mulohazalar tizimi va birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlar doimiy yaxshilanishga yordam beradi va jamoaviy ruhiyatni mustahkamlaydi. Korporativ madaniyat asosida hurmat, qo‘llab-quvvatlash va natijaga intiluvchanlik bo‘ladi, shuning natijasida ijobiy ish muhiti yaratiladi.

Beeline Uzbekistan Bee Generation dasturi doirasida haq to‘lanadigan stajirovkalar va yoshlar bilan ishlash dasturining 17-mavsumini o‘tkazmoqda, shu orqali talabalarga biznesning turli sohalarida qimmatli amaliyot taqdim etmoqda. Dastur ishtirokchilari noyob tajribaga ega bo‘lib, ularning qariyb 45 foizi kompaniyada doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

«Top Employers Institute xalqaro instituti tomonidan Top Employer maqomini olish Beeline Uzbekistan uchun juda ahamiyatli yutuqdir. Inklyuziv va qo‘llab-quvvatlovchi ish muhitini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarimiz jahon miqyosida e’tirof etilganidan faxrlanamiz. Biz katta talabga ega ish beruvchi bo‘lib qolish va jamoamiz uchun qadriyat yaratish uchun mehnat sharoitlari va qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish ustida bundan buyon ham ishlaymiz», — deya izoh berdi Beeline Uzbekistan kompaniyasining xodimlarni boshqarish, tashkiliy rivojlanish va ma’muriy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova.

«Top Employers Institute» ilg‘or HR amaliyotchilarini e’tirof etish bo‘yicha global nufuzga ega. U 121 mamlakatda 2300 dan ortiq tashkilotlarni sertifikatlaydi va 12 milliondan ortiq xodimlarning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur institut tomonidan Beeline Uzbekistan e’tirof etilishi kompaniyaning inklyuziv va qo‘llab-quvvatlovchi ish muhitini yaratish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlarni doimiy ravishda takomillashtirish va joriy etishga sodiqligini ta’kidlaydi, shu bilan ham xodimlarga, ham mijozlarga foyda keltiradi.

 

Digital-operator jamoaga qo‘shilishga taklif qiladi!

Vakansiyalar bilan havola orqali tanishish mumkin.

  

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama 

Mavzuga oid