Jamiyat | 17:00 / 08.04.2023
12704
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

GRAND PHARM hamda ta’lim tashkilotlari o‘rtasida memorandum imzolandi

GRANDPHARM” umumta’lim maktablarida kimyo va biologiyaga ixtisoslashgan interfaol ta’limni yo‘lga qo‘ymoqda.

Farmatsevtika yo‘nalishida o‘qishni va izlanishni istagan maktab o‘quvchilari endilikda kimyo va biologiya fanlaridan chuqurlashtirilgan ta’lim olishadi. “GRANDPHARM” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan yangi loyihada shu maqsad ko‘zda tutilgan.

 

Loyiha doirasida tanlangan maktablarda amaliy kimyo va biologiya laboratoriyalari tashkil etilib, ularda interfaol ta’lim yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu umumta’lim muassasalari uchun alohida amaliy kimyo dasturi ishlab chiqiladi. Shu munosabat bilan “GRANDPHARM” MChJ, Toshkent farmatsevtika instituti, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi hamda “BILIM ONLAYN” nodavlat notijorat muassasasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi – ular o‘rtasida memorandum imzolandi.

GRANDPHARM kompaniyasi respublikamizda farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun salohiyatli kadrlarni yetishtirish maqsadida iqtidorli yoshlarni maktab ta’limidan boshlab sohaga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

Memorandumga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Khan Academy O‘zbek” elektron platformasi kontentlaridan foydalangan holda kimyo fanidan amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Elektron ta’lim resurslari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning mustaqil bilim olishiga ko‘maklashsa, sinfxonada tashkil etiluvchi amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari maktab o‘quvchilari bilim-ko‘nikmalarini amaliy jihatdan mustahkamlaydi.

Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad umumta’lim muassasalarida yoshlarni maktab davridanoq kasbga yo‘naltirish, ko‘rgazmali va amaliy metodlar orqali o‘quvchilar o‘rtasida aniq va tabiiy fanlarga nisbatan qiziqishni oshirish, shu orqali Toshkent farmatsevtika instituti qamrovi hamda respublikamiz farmatsevtika sohasi salohiyatini oshirishdan iborat.

Dastlabki bosqichda tanlangan maktablarda tajriba-sinov tariqasida interaktiv ta’lim dasturi asosida kimyo fanidan amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari amalga oshiriladi. Bunda darslarni “Khan Academy O‘zbek” elektron ta’lim platformasi resurslari bilan boyitgan holda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

O‘z navbatida, mazkur amaliy mashg‘ulotlar asosida umumta’lim muassasalari uchun kimyo fanidan amaliy dastur, fanni mustaqil o‘rganishga qaratilgan metodik qo‘llanmalar tayyorlanadi. Bu esa milliy o‘quv tizimi sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur loyiha tajriba-sinov maktablarida muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda, ushbu amaliyotni respublikamiz bo‘ylab tanlangan umumta’lim maktablarida tatbiq qilish rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida