Jahon | 21:21 / 10.04.2023
15259
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo okeanidagi suv harorati rekord darajaga ko‘tarildi 

Aprel oyining boshidan beri okean yuzasining o‘rtacha harorati 21,1°S darajaga yetdi. 

Foto: Alister Doyle/Reuters

Dunyo okeanining harorati sun’iy yo‘ldosh orqali o‘tkazilayotgan kuzatishlar davrida rekord darajaga ko‘tarildi, deb xabar berdi The Guardian. Bu dunyo bo‘yicha ekstremal ob-havo sharoitlariga olib kelishi mumkin, deb ogohlantirmoqda olimlar. 

Okean va Atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyining boshidan beri okean yuzasining o‘rtacha harorati 21,1°S bo‘lib, 2016 yilda qayd etilgan avvalgi maksimal 21°S darajadan oshib ketgan. Iqlimshunoslarning ta’kidlashicha, okean yuzasi haroratining ko‘tarilishi global bo‘ronlar va muzliklarning erishi xavfini oshiradi. 

So‘nggi uch yil ichida Tinch okeanidagi «La Ninya» ob-havo fenomeni suv yuzasi haroratini sovuq holda ushlab turgan edi. Ammo NOAA olimi, doktor Mayk MakFadden so‘zlariga ko‘ra, bu davr nihoyasiga yetdi. 

«Okeandagi issiqlik miqdori ortib bormoqda va u tobora ekstremal ob-havo sharoitlarining yuzaga kelishi uchun xizmat qilmoqda», dedi olim. 

Mavzuga oid