O‘zbekiston | 21:29 / 21.04.2023
19774
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan airways parki yangi samolyot bilan to‘ldirildi

Kompaniya birinchi marta Airbus-330-200 rusumidagi samolyotdan foydalanadi.

Foto: Uzbekistan airways

Uzbekistan airways aviakompaniya parki Airbus-330-200 rusumidagi samolyot bilan to‘ldirildi. Kema Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Qayd qilinishicha, samolyot Toshkentdan amalga oshiriladigan mashhur xalqaro yo‘nalishlardagi tijorat reyslari uchun bahor-yoz mavsumida lizingga olingan.

Kema livreyasi oq rangda bo‘lib, illyuminatorlardan yuqorida joylashgan Uzbekistan airways nomi va logotipi bilan bezalgan.

A-330-200 samolyoti saloni 2/4/2 (yon qatorlarda 2 ta o‘rindiq, o‘rta qatorda 4 ta o‘rindiq) komponovkaga ega. Biznes-klass 18 ta o‘rin, ekonom-klass 248 ta o‘rindan iborat.

Har bir o‘rin pultli ekran, tortiladigan stollar va charm o‘rindiq bilan jihozlangan. Avval samolyot Rossiyaning «Aeroflot airlines» va Litvaning «Heston airlines» charter kompaniyasida foydalanilgan.

Mavzuga oid