Sport | 19:40 / 21.04.2023
35629
1 daqiqa o‘qiladi
Yoshlar o‘rtasidagi (U20) JCh-2023ga qur’a tashlandi. O‘zbekiston Argentina bilan bir guruhda
Shveytsariyada yoshlar o‘rtasidagi (U20) 2023 yilgi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’adan avval 3-savatchada bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar jamoasi mezbon Argentina joy olgan «A» guruhidan o‘rin oldi. Ravshan Haydarov shogirdlari Argentinadan tashqari, Yangi Zelandiya va Gvatemala bilan bahs yuritadi.
Yoshlar o‘rtasidagi JCh-2023 qur’asi:
Ma’lumot uchun, ushbu turnir siyosiy sabablar tufayli Indoneziyadan Argentinaga ko‘chirilgandi.
O‘zbekiston jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Argentina saralashdan o‘ta olmagandi, endi mezbon sifatida turnirda qatnashadi.
O‘yinlar 20 maydan 11 iyunga qadar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
23:23 / 30.08.2024
Argentinada «Qizil brigadalar» terrorchi guruhining 40 yildan beri qochib yurgan a’zosi qo‘lga olindi
11:08 / 17.07.2024
Argentina prezidenti razvedka xizmatini tarqatib yubordi
09:14 / 15.07.2024
Argentina 16-bor Amerika Kubogida g‘olib bo‘lib, mutlaq rekordchiga aylandi
15:23 / 10.07.2024