Toshkentda 16 yoshli qiz 3-qavatdan oyna artayotgan vaqtida yiqilib tushgan - Bosh prokuratura
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 16 yoshli qiz janjal sabab binoning 3-qavatidan o‘zini tashlagani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura tomonidan holat o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 5 aprel kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 9-sinf o‘quvchisi X.M. (16 yoshli qiz bola) yashab kelayotgan uyning 3-qavatida balkon oynasini artayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib, tan jarohati olgan.
X.M.ga darhol tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda voyaga yetmagan X.M.ning ahvoli yaxshi ekani aytiladi.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024