Germaniya politsiyasi Alisher Usmonovga nisbatan ochilgan ish bo‘yicha «Bavariya» ofisida tintuv o‘tkazdi
25 aprel kuni Germaniya politsiyasi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga nisbatan pul yuvish bo‘yicha ish yuzasidan «Bavariya» ofisida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, tergov jarayonlari «Alyans Arena» stadionida ham o‘tkazilgan. Alisher Usmonov 2017 yildan 2022 yilgacha soliq to‘lamaslik uchun pul yashirganlikda gumon qilinmoqda. Gap millionlab dollar haqida ketmoqda.
Rossiyalik milliarderni «Bavariya»ga klubning faxriy prezidenti Uli Hyoness bilan tanishligi bog‘lab turadi. Germaniya prokuraturasi Myunxen klubi a’zolariga nisbatan hech qanday tergov olib bormayotganini ta’kidladi. Tintuvlar davomida biror dalil topildimi yoki yo‘qmi, noma’lum.
Mavzuga oid
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
07:51 / 07.11.2024
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
21:31 / 06.11.2024
Germaniya muhim infratuzilmalar himoyasini kuchaytirish niyatida
17:38 / 04.11.2024