Tel-Avivdan Samarqandga ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reysi amalga oshirildi
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi havo qatnovlari tarixida ilk bor Tel-Aviv – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha charter reys ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Havo qatnovi Qanot Sharq aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Bortida 150 nafar yo‘lovchi bo‘lgan layner Tel-Aviv vaqti bilan soat 10:10 da (Toshkentda 12:10) havoga ko‘tarildi va Samarqandga mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da yetib bordi.
Aviakompaniya o‘z faoliyatini 1998 yilda boshlagan. O‘tgan yillar davomida aviakompaniya rivojlanib bordi va muvaffaqiyatli yo‘lovchi va yuk tashuvlarini amalga oshirdi.
Bugungi kunda Qanot Sharq aviakompaniyasi nafaqat ichki, balki xalqaro reyslarni ham amalga oshiruvchi to‘rtta samolyot ega.
Parvozning ochilish marosimida O‘zbekistonning Isroildagi elchisi Feruza Mahmudova, shuningdek, Isroil rasmiy, jamoat va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
2018 yil fevral oyidan boshlab O‘zbekiston Isroil fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejimni joriy qildi. 2022 yil davomida mamlakatimizga 12 mingga yaqin isroillik sayyoh kelgan.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024